Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Samarqandda o‘tgan mamlakat chempionati yakunlandi

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Samarqand shahri mezbonligida o‘tgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan jami 300 nafarga yaqin yosh polvonlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda umumiy ochkolar klassifikatsiyasiga ko‘ra Xorazm viloyati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan esa Qarshi hamda Navoiy Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi joy oldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi sifatida Chirchiq OPSTTM a’zosi Begzod Gʻofurjonov e’tirof etilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida bu nomga Qashqadaryo viloyati jamoasi a’zosi Shaxnoza Jabborova sazovor bo‘ldi.

Bu galgi mamlakat chempionatining yana bir e’tiborga molik jihati, o‘g‘il bolalar o‘rtasida +102 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadillo Olimov dast va siltab ko‘tarish, shuningdek ikki kurash bahslarida ham O‘zbekiston chempionati rekordini yangiladi. Andijonlik yosh iqtidor egasi dast ko‘tarishda 146 kg (avvalgi rekord 145kg), siltab ko‘tarishda 185 kg (avvalgi rekord 171 kg) va ikkikurashda 331 kg (avvalgi rekord 316 kg) natija qayd etdi.

Musobaqada faol ishtirok etgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan barcha sportchilarga kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Oldinga Tajribali mutaxssislar ishtirokida o‘quv-seminar va mahorat darslari tashkil etilmoqda

Leave Your Comment