Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Lyudmila Elefteriadi supachaga ko‘tarildi. Vakilimiz dast ko‘tarishda 74 kg, siltab ko‘tarishda 93 kg va ikki kurash yakuniga ko‘ra 167 kg natija bilan 7-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 4 nafar sportchimiz jahon chempionatida ishtirok etadi. Jumladan, ayollar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida Marjona Abdumutalova hamda -71 kg vazn toifasida Dilnoza Rahmatjonova, erkaklar o‘rtasida esa -81 kg vazn toifasida Ruslan Rahmatjonov va -89 kg vazn toifasida Bekzod Gʻofurjonov g‘oliblik uchun bahs olib boradi.