Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

O‘zbekiston – Qozog‘iston: Og‘ir atletika bo‘yicha hamkorlik yanada mustahkamlanadi!

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqaga mintaqaning bir qator mamlakatlaridan og‘ir atletika rahbariyati ham tashrif buyurgan. Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasining birinchi vise-prezidenti Gadji Gadjiyev ham shular jumlasidandir.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov hamda Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasining birinchi vise-prezidenti Gadji Gadjiyev o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida tomonlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Shaxrillo Mahmudov martabali mehmonga O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining esdalik sovg‘asini topshirdi.

Oldinga Og‘ir atletikachilarimizning Parij Olimpiadasi uchun qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 3 taga yetdi!

Leave Your Comment