Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Parij shahrida bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga jo‘nab ketdi.
Qayd etish lozimki, Bahrom Mendibayev boshchiligidagi polvonlarimiz 5 avgustga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi va shundan so‘ng Parij shahriga yetib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika dasturi bo‘yicha bellashuvlar 7-11 avgust kunlari “Paris Expo Porte de Versailles” ko‘rgazma va konferensiya markazida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Parij Olimpadasida 3 nafar og‘ir atletikachimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Akbar Jo‘rayev (-102 kg)
Rigina Adashbayeva (-81 kg)
Tursunoy Jabborova (+81 kg)