Ispaniyaning Leon shahrida o’tayotgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida hozirgina erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Ermatov dast ko‘tarishda 162 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Vakilimiz siltab ko‘tarishda 186 kg (5-o‘rin) va ikkikurashda 348 kg natija qayd etdi (4-o’rin).
Iste’dodli sportchimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.