O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan
Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha katta murabbiysi Baxrom Mendibayev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
O’zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi oilasi nomidan ko‘p yillardan buyon mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishda, shuningdek Jahon va Olimpiada chempionlarini tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan Baxrom Rustamovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va Yangi O’zbekiston taraqqiyoti yo’lida olib borayotgan mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!