Ispaniyaning Leon shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindor bo‘lgan xorazmlik sportchilarimiz o‘z hududida iliq kutib olindi.
Dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilgan Husinboy Matrasulov hamda Diyorbek Ro‘zmetov bugun Urganch vokzalida Xorazm viloyati sport boshqarmasi, og’ir atletika federatsiyasi, sport ta’lim muassasasi masullari va yaqinlari tomonidan tantanali kutib olindi.
O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati