Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Sharofiddin Amriddinov — +110 kg vazn toifasida O‘zbekiston kubogi g‘olibi

Sharofiddin Amriddinov — +110 kg vazn toifasida O‘zbekiston kubogi g‘olibi

Terma jamoamizning yetakchi atletlaridan biri Sharofiddin Amriddinov kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslarida yuqori sport formasini namoyish etib, navbatdagi muhim g‘alabaga erishdi.

+110 kg vazn toifasida Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan sportchimiz dast ko‘tarishda 192 kg, siltab ko‘tarishda 232 kg, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 424 kg natija qayd etib, o‘z vazn toifasida kattalar o‘rtasida oltin medal sohibiga aylandi.

Sharofiddin Amriddinovning mazkur natijasi uning so‘nggi olti oy davomida erishgan sezilarli sport o‘sishini ham ko‘rsatadi. Jumladan, joriy yilgi O‘zbekiston chempionatida atletimiz dast ko‘tarishda 181 kg, siltab ko‘tarishda 215 kg va ikki kurashda 396 kg natija qayd etgan edi.

O‘zbekiston kubogida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 11 kg, 17 kg va 28 kg ga yaxshilandi. Ayniqsa, ikki kurashdagi 28 kilogrammlik o‘sish sportchimizning mashg‘ulot jarayonidagi izchil mehnati, sport formasining yuksalishi va xalqaro maydondagi yuqori natijalarga intilayotganidan dalolat beradi.

Sharofiddin Amriddinovning bugungi chiqishi jahon va Olimpiya o‘yinlari sari dadil qadam tashlayotganini yana bir bor namoyon etdi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Video Barcha yangiliklar