Og‘ir atletikachilarimiz Yaponiyada mashg‘ulotlarga kirishdi
21 Sentabr 2026
🇯🇵Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlari doirasida 23-sentyabrdan og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalar start oladi.
Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Yaponiyada dastlabki mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi. Vakillarimiz murabbiylar Jo‘rabek Zoirov va Mahmud Tog‘oyev boshchiligida mahalliy sharoitga moslashish hamda bellashuvlar oldidan yakuniy tayyorgarlikni olib borishmoqda.
Sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar