AICHI-NAGOYA-2026 | OG‘IR ATLETIKA
26 Sentabr 2026

🏋️♂️ Erkaklar, -75 kg vazn toifasi
Ayni vaqtda Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bahslarining erkaklar o‘rtasidagi -75 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqlari o’z yakuniga yetdi.
Mazkur vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ruzmetov Diyorbek dast ko‘tarish mashqida o‘zining uchala urinishini ham muvaffaqiyatli amalga oshirib, barqaror natija qayd etdi.
Hamyurtimiz bahsni 149 kg natija bilan boshladi. Ikkinchi urinishida esa shtangani 153 kg og’irlikni muvaffaqiyatli ko‘tardi. Uchinchi urinishda Diyorbek o‘z natijasini yana 3 kilogrammga yaxshilab, 156 kg og’irlikni zabt etdi.
Shunday qilib, Ruzmetov Diyorbek dast ko‘tarish mashqini 156 kg natija bilan yakunladi va endi bahsning ikkinchi qismi — siltab ko‘tarish mashqida o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.
Oldinda hal qiluvchi urinishlar kutmoqda. Hamyurtimizga siltab ko‘tarish bahslarida ham omad, kuch va ishonch tilaymiz! 🇺🇿
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar