AICHI-NAGOYA-2026 | OG‘IR ATLETIKA
26 Sentabr 2026
🏋️♂️ Erkaklar, -75 kg vazn toifasi
🏋️♂️Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi -75 kg vazn toifasida bahslar yakunlandi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ruzmetov Diyorbek siltab ko‘tarish mashqida 180 kg og‘irlik bilan o’z chiqishlarini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Diyorbek dast ko‘tarish mashqida uchala urinishini ham muvaffaqiyatli bajarib, 156 kg natija qayd etgan edi.
Shunday qilib, hamyurtimiz ikki kurash natijasiga ko’ra 336 kg og’irlik bilan musobaqani 6-o‘rinda yakunladi.
💤Yurtimiz sharafini himoya qilgan Ruzmetov Diyorbekga kelgusi musobaqalarda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








