Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga jo‘nab ketdi

⚡️ Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr – 8-noyabr kunlari Xitoyning Ningbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur nufuzli musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, sportchilarimizning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Turkiyaning Antaliya shahrida 24-oktyabr sanasiga qadar olib boradi.

Terma jamoamiz Turkiya yig’ini yakunidan so’ng to’g’ridan-to’g’ri Xitoyning Ningbo shahriga yo’l oladi.

🔻 Turkiya yig‘iniga jalb etilgan terma jamoa tarkibi:

Nigora Abdullayeva

Nigora Suvonova

Rigina Adashbayeva

Adhamjon Ergashev

Sarvar Zafarjonov

Muhammadqodir Toshtemirov

Ruslan Nurudinov

Akbar Jo‘rayev

Sharofiddin Amriddinov

Murabbiylar: Bahrom Mendiboyev, Jurabek Zairov, Mahmud Tog'oyev

Shifokorlar: Obiddin Muslimov, Dovlet Glijev

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar