Tavallud kun muborak, Akbar Jo‘rayev!
7 Oktabr 2026
Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki jahon og‘ir atletikasi tarixida munosib o‘rin egallab kelayotgan, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi, Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sovrindori, ikki karra jahon va Osiyo chempioni Akbar Jo‘rayev o'z tavallud kunini nishonlayapti.
Akbar o‘zining mehnatsevarligi, qat’iyati va yuksak maqsadlari bilan yosh sportchilarga munosib namuna bo‘lib kelmoqda.
🇹🇷 Ayni paytda chempionimiz Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Xitoyning Ningbo shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
🇺🇿 O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi Akbar Jo‘rayevni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va jahon chempionatida yangi cho'qqilarni zabt etishini tilaymiz!
🇺🇿Yangi g'alabalar sari olg'a, Chempion!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar





