Xalqaro og‘ir atletika kuni muborak!
16 Oktabr 2026

🏋️♂️ Har yili 16-oktabr sanasida butun dunyoda Xalqaro Og‘ir Atletika kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana kuch, matonat, iroda va tinimsiz mehnatni o‘zida mujassam etgan og‘ir atletika sport turiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzidir.
🏋️♀️Bu yil Xalqaro Og‘ir Atletika Federatsiyasi (IWF) tashkil etilganiga 121 yil to‘ldi. 1905-yilda asos solingan ushbu tashkilot bugungi kunga qadar jahon og‘ir atletikasini rivojlantirish, sportchilarni birlashtirish va xalqaro musobaqalar nufuzini oshirish yo‘lida muhim o‘rin tutib kelmoqda. Bu yillar davomida og‘ir atletika tarixida ko‘plab chempionlar, unutilmas g‘alabalar va jahon rekordlari qayd etildi.
Og‘ir atletika — bu nafaqat kuch va mahorat, balki qat’iyat, intizom, halollik va yuksak maqsadlar sari intilish timsolidir.
🎆 Shu munosabat bilan barcha og‘ir atletika ixlosmandlarini, sportchilarni, murabbiylarni, hakamlarni hamda ushbu sport turining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha mutaxassislarni Xalqaro Og‘ir Atletika kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
✨Og‘ir atletika rivoji, yangi rekordlar va yorqin g‘alabalar bardavom bo‘lsin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar