21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak!
21 Oktabr 2026

🇺🇿 O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
O‘zbek tili — xalqimizning milliy o‘zligi, boy ma’naviy merosi va ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish hamda kelgusi avlodlarga munosib yetkazish barchamizning muhim burchimizdir.
✨Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ona tilimizning maqomi va nufuzi yanada yuksalaversin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi !!!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar