Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Prezident Olimpiadasi: og‘ir atletika bo‘yicha mandat yig‘ilishi o‘tkazildi

Prezident Olimpiadasi: og‘ir atletika bo‘yicha mandat yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Prezident Olimpiadasi doirasida og‘ir atletika bo‘yicha mandat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📁 Yig‘ilishda hududiy terma jamoalar vakillari ishtirok etib, musobaqada qatnashuvchi sportchilarning talabnomalarini taqdim etdilar. Shuningdek, ishtirokchilar tarkibi va musobaqada qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

➡️ Tadbirda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirok etib, jamoa vakillariga musobaqa oldidan omad va sportchilarga yuqori natijalar tiladi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar