Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Ninbo shahrida IWFning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi

Ninbo shahrida IWFning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 26-oktabr kuni Xitoyning Ninbo shahrida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining (IWF) navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda a’zo milliy federatsiyalar vakillari qatorida O‘zbekiston vakili Azamat Sharipov ham ishtirok etdi.

➡️Kongress kun tartibidan IWF prezidenti va bosh kotibining hisobotlari, yillik moliyaviy hisobot, tashkilot ustaviga o‘zgartirish kiritish takliflari hamda qo‘mita va komissiyalar faoliyatiga oid ma’ruzalar o‘rin oldi. Shuningdek, antidoping, sportchilar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi va ta’lim masalalariga e’tibor qaratildi.

➡️Tadbir davomida kelgusi jahon chempionatlari va boshqa IWF musobaqalari taqdimotlari o‘tkazildi. Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik, qochqinlar jamoasi va barqaror rivojlanish tashabbuslari haqida ham ma’lumot berildi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar