Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Prezident Olimpiadasi: ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Prezident Olimpiadasi: ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda ikkinchi bor tashkil etilayotgan Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida yosh sportchilarning kelajakdagi yutuqlariga ishonch bildirar ekan, xalqaro maydonlarda erishilayotgan natijalar haqida ham alohida to‘xtaldi.

🇯🇵🥇 Jumladan, Yaponiyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida faxrimiz Akbar Jo‘rayevning muvaffaqiyati alohida e’tirof etildi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 197 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangilagani ta’kidlandi.

Prezident Olimpiadasi esa yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning sport mahoratini oshirish va kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Yosh sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar