Jahon chempionati: Nigora Abdullayeva 6-o‘rinni egalladi
29 Oktabr 2026
🏋️ Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Nigora Abdullayeva ayollar o‘rtasida 53 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
💪 Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 85, 88 va 90 kg og‘irliklarni, siltab ko‘tarishda esa 105, 109 va 111 kg natijalarni qayd etib, barcha olti urinishini muvaffaqiyatli bajardi.
📊 Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 201 kg jamg‘argan Nigora Abdullayeva jahon chempionatini 6-o‘rin bilan yakunladi.
🦾 Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
📊 Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:
🥇 Zhang Haiqin (Xitoy) — 221 kg
🥈 Ulrey Miranda (AQSH) — 220 kg
🥉 Kim So Hyon (KXDR) — 214 kg
✨ Nigora Abdullayevaga kelgusi musobaqalarda omad va yangi zafarlar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar
