Prezident Olimpiadasi: Sherdor Eshpo‘latov O‘zbekiston rekordini yangiladi
30 Oktabr 2026
Prezident Olimpiadasi doirasida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 70 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi.
🥇Murosasiz kechgan bellashuvlarda Qashqadaryo viloyati vakili Sherdor Eshpo‘latov 115 kg natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi.
Quvonarlisi, yosh sportchi ushbu natijasi orqali O‘zbekiston rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Sherdor Eshpo‘latovni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Video Barcha yangiliklar