Prezident Olimpiadasi: Otabek Umarov sportchilar bilan uchrashdi
30 Oktabr 2026
🏋️ Qizlar o‘rtasida 61 kg vazn toifasida kechgan shiddatli bahslarni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov bevosita kuzatib bordi.
🥇 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medallarini Otabek Umarov hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudovdan qabul qilib olishdi.
✨ Taqdirlash marosimidan so‘ng Otabek Umarov sovrindor sportchilar bilan samimiy suhbat qurib, ularni erishgan natijalari bilan tabrikladi hamda bo‘lajak musobaqalarda omad va yangi zafarlar tiladi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar