Jahon chempionati: Sarvarbek Zafarjonov 8-o‘rinni egalladi
2 Noyabr 2026
🏋️ Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov erkaklar o‘rtasida 85 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
💪 Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 162, 166 kg og‘irliklarni, siltab ko‘tarishda esa 198 kg natijani muvaffaqiyatli bajardi.
📊 Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 364 kg jamg‘argan Sarvarbek jahon chempionatini 8-o‘rin bilan yakunladi.
🦾 Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
📊 Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:
🥇 Elsayed A. (Misr) - 390 kg
🥈Lopez Yeison (Kolumbiya) - 387 kg
🥉Lei Jiangqing (Xitoy) - 382kg
✨ Zafarjonov Sarvarbekga kelgusi musobaqalarda omad va yangi zafarlar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar
