Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Jahon chempionati: Muhammadqodir Toshtemirov 7-o‘rinni egalladi

Jahon chempionati: Muhammadqodir Toshtemirov 7-o‘rinni egalladi

🏋️ Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Muhammadqodir Toshtemirov erkaklar o‘rtasida 95 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

💪 Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 166 kg og‘irlikni, siltab ko‘tarishda esa 199, 204, 207kg natijani muvaffaqiyatli bajardi.

📊 Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 373 kg jamg‘argan Muhammadqodir jahon chempionatini 7-o‘rin bilan yakunladi.

🦾 Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

📊 Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:

🥇 Nasar Karlos (Balgariya) - 415 kg

🥈Adiletuly Nurgissa (Qozog’iston) - 399 kg

🥉Alipour Ali (Eron) - 396 kg

✨ Toshtemirov Muhammadqodirga kelgusi musobaqalarda omad va yangi zafarlar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar