Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Nihoyat, uzoq kutilgan bahs! Bugun navbat Akbar Jo‘rayevga!

Nihoyat, uzoq kutilgan bahs! Bugun navbat Akbar Jo‘rayevga!

🇨🇳 Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bugun muxlislar intiqlik bilan kutgan bellashuvlardan biri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini Akbar Jo‘rayev himoya qiladi!

🏋️ O‘zbekiston, balki jahon og‘ir atletikasi tarixida munosib o‘rin egallab kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi, Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sovrindori, ikki karra jahon va Osiyo chempioni Akbar Jo‘rayev 110 kg vazn toifasida medallar uchun kurashga kirishadi.

⏰ Bellashuv vaqti: Toshkent vaqti bilan 16:00

🎥 Akbar Jo‘rayevning bahslarini Telegram kanalimiz orqali jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin!

🔥 Uzoq kutilgan ushbu bahsda hamyurtimizga kuch-quvvat, mustahkam iroda va omad tilaymiz!

🇺🇿 Bugun barcha nigohlar Akbarda! Olg‘a, O‘zbekiston!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar