Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Akbar Jo’rayev – 4 karra jahon chempioni!

Akbar Jo’rayev – 4 karra jahon chempioni!

🇨🇳🏋️ Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev Xitoyning Ninbo shahrida yakuniga yetib borayotgan jahon chempionatida oltin medalni qo’lga kiritdi. Hamyurtimiz -110 kg vazn toifasida ishtirok etib, to’rtinchi bor dunyoda tengsiz ekanini isbotladi.

🏋🏻Dastlab dast ko’tarish bahsida 198 kg bilan jahon rekordini yangilagan Akbar siltab ko’tarishda ham fenomenal chiqishini davom ettirdi. Ikkinchi urinishdagi 234 kg va umumiy 432 kg bilan Jo’rayev yana ikki yo’nalishda birinchi bo’ldi va mutlaq chempionlikka erishdi. Uning ikki kurashdagi 432 kg natijasi mazkur yo’nalishdagi yangi jahon rekordiga aylandi.

🔥 Mazkur dunyo birinchiligi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o’yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli edi. Hamyurtimiz 2 ta jahon rekordi bilan qo’shimcha bonus ochkolariga ham ega bo’lmoqda. Barakalla, Akbar!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar