Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Jahon chempionati: Amriddinov Sharofiddin 7-o‘rinni egalladi

Jahon chempionati: Amriddinov Sharofiddin 7-o‘rinni egalladi

🏋️ Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Amriddinov Sharofiddin erkaklar o‘rtasida +110 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

💪 Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 185, 190 kg og‘irlikni, siltab ko‘tarishda esa 220, 226kg natijani muvaffaqiyatli bajardi.

📊 Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 416 kg jamg‘argan Sharofiddin jahon chempionatini 7-o‘rin bilan yakunladi.

🦾 Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

📊 Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:

🥇 Rubaiawi Ali Ammar (Iroq) - 466 kg

🥈Yousefi Alireza (Eron) - 458 kg

🥉Lalayan Varazdat (Armaniston) - 457 kg

✨ Sharofiddinga kelgusi musobaqalarda omad va yangi zafarlar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar