Ningbo-2026: Jahon chempionatining yakuniy medallar jadvali
8 Noyabr 2026

🇨🇳 Xitoyning Ningbo shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 13 kun davomida dunyoning eng kuchli atletlari g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa yakunida mamlakatlar o‘rtasidagi medallar reytingi e’lon qilindi.
🥇 KXDR 20 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza — jami 34 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
🥈 Xitoy 17 ta oltin, 10 ta kumush va 6 ta bronza — jami 33 ta medal bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
🥉 3-o‘rin — O‘zbekiston va Bolgariya terma jamoalari. Har ikki mamlakat 3 tadan oltin medalni qo‘lga kiritib, oltin medallar soni bo‘yicha uchinchi pog‘onadan joy egalladi.
🇺🇿Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 3 ta oltin medal bilan uchinchi o‘rinda yakunladi
🦾 Ushbu natija sportchilarimiz, murabbiylar shtabi va butun delegatsiyamizning mashaqqatli mehnati hamda fidoyiligi samarasidir.
⚡️ O‘zbekiston — jahon og‘ir atletikasining yetakchi davlatlaridan biri!
✨ Barcha sportchilarimiz va murabbiylarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar