2027-yilgi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati Armanistonda o‘tkaziladi
8 Noyabr 2026
🏋️ 2027-yilda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati Armaniston poytaxti Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadi.
🇨🇳Ningbodagi jahon chempionatining tantanali yopilish marosimida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) bayrog‘i kattalar o`rtasidagi navbatdagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladigan Armaniston vakillariga rasman topshirildi.
Shu tariqa, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi manzili rasman Yerevan shahri etib belgilandi. Armaniston 2027-yilda dunyoning eng kuchli og‘ir atletikachilarini o‘z bag‘riga chorlaydi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar