Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

SPORTCHILARIMIZ TOSHKENTDA TANTANALI KUTIB OLINDI!

SPORTCHILARIMIZ TOSHKENTDA TANTANALI KUTIB OLINDI!

🇨🇳🛬🇺🇿 Xitoyning Ningbo shahrida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanga qaytib keldi.

🟢 Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari tantanali kutib olishdi.

🥇 Delegatsiya safida jahon chempioni Akbar Jo‘rayev ham yurtimizga qaytdi. Uning muvaffaqiyati mamlakatimiz sporti nufuzini yanada yuksaltirib, muxlislarimizga katta quvonch bag‘ishladi.

🎉 Sportchilarimiz va murabbiylarimizni ona vatanimizga qaytganlari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda ularga yangi zafarlar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar