Home Events Athletes News Contact
News

Bir sportchi — butun mamlakat sharafi uchun!

Bir sportchi — butun mamlakat sharafi uchun!

🇧🇬 Bolgariya va 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoalari Xitoyning Ningbo shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining umumjamoa medallar jamg‘arish reytingida uchinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. E’tiborlisi, har ikki mamlakat sharafini musobaqada bittadan sportchi himoya qildi.

KXDR 🇰🇵 va Xitoy 🇨🇳 terma jamoalari keng tarkib bilan qatnashib, umumjamoa hisobida dastlabki ikki pog‘onani egallagan bo‘lsa, Bolgariya 🇧🇬 va O‘zbekiston 🇺🇿 jamoalari bor-yo‘g‘i bittadan sportchi bilan ishtirok etib, kuchli uchlikdan joy oldi.

🇧🇬 Bolgariya

95 kg vazn toifasida ishtirok etgan Karlos Nasar uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, uchta jahon rekordini yangiladi:

🥇 Dast ko‘tarish — 185 kg

🥇 Siltab ko‘tarish — 230 kg

🥇 Ikki kurash — 415 kg

Sportchi barcha 6 ta urinishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

🇺🇿 O‘zbekiston

110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo‘rayev uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, dast ko‘tarish va ikki kurash dasturlarida ikkita jahon rekordini o‘rnatdi:

🥇 Dast ko‘tarish — 198 kg

🥇 Siltab ko‘tarish — 234 kg

🥇 Ikki kurash — 432 kg

Shu tariqa, har ikki sportchi o‘z mamlakati sharafini munosib himoya qilib, jahon chempionatida uchta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Sifat miqdordan ustun! Karlos Nasar va Akbar Jo‘rayevning yorqin ishtiroki buning yaqqol isbotidir.

📌 Manba: Weightliftingnews

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

View All News