Home Events Athletes News Contact
News

Moskvada SHHT Ochiq kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Moskvada SHHT Ochiq kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

🏋️ 13-noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi «Chkalov Arena» sport majmuasida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Ochiq kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada SHHTga a’zo davlatlar hamda taklif etilgan mamlakatlardan 2 000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

🏋🏻‍♂️ Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarning ochilish marosimi 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar esa 18–21-noyabr kunlari Moskva shahridagi «MSSUOR №2» olimpiya zaxiralari sport bilim yurti bazasida tashkil etiladi.

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 17-noyabr kuni Moskva shahriga jo‘nab ketadi.

Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Sportchilar:

• Kamzina Rushaniya

• Abdullayeva Shaxloxon

• Suvonova Nigora

• Yusupov Asilbek

• Haydarov Hikmatillo

• Olimov Omadillo

Murabbiylar:

• Abdullayeva Kamila

• Tojimirzayev Abrorbek

Terma jamoa shifokori:

Halitova Almira

Delegatsiya rahbari: Maxmudov Olimjon

✨ Terma jamoamizga xalqaro musobaqada omad va munosib natijalar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Video View All News