18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
17 Noyabr 2026

Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsolidir. U xalqaro maydonlarda Vatanimiz sha’ni va nufuzini namoyon etib, har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
So‘nggi yillarda sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan yuksak natijalari tufayli O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning nufuzli arenalarida munosib baland ko‘tarilmoqda. Har bir g‘alaba — Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g‘ururi va milliy iftixorimizning yorqin ifodasidir.
🇺🇿 O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!
🇺🇿Bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, sportchilarimizning yangi zafarlari va tarixiy g‘alabalariga guvoh bo‘lib turaversin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar