Turkmaniston terma jamoasi Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda
19 Noyabr 2026
Ayni kunlarda Turkmaniston og‘ir atletika terma jamoasi Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida sportchilar murabbiylar rahbarligida jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, xalqaro musobaqalar oldidan sport formasini mustahkamlash ustida ishlamoqda.
Mazkur yig‘in sportchilar uchun tajriba almashish, mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirish hamda kelgusi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Professional muhitda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 5-dekabrga qadar davom etadi.
📹 Chirchiq shahrida Turkmaniston terma jamoasining mashg‘ulot jarayonlaridan fotolavhalar.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








