SHHT Ochiq kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medal bilan musobaqani yakunladi!
21 Noyabr 2026
Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Ochiq kubogi doirasidagi og‘ir atletika bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, munosib natija qayd etdi.
🥇 Oltin medal sohiblari:
• Kamzina Rushaniya — 49 kg;
• Shaxloxon Abdullayeva — 77 kg;
• Hikmatillo Haydarov — 85 kg;
• Nigora Suvonova — 86 kg;
• Omadillo Olimov — +110 kg.
🥈 Kumush medal sohibi:
• Asilbek Yusupov — 60 kg.
🏆 Shu tariqa, O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi SHHT Ochiq kubogini jami 6 ta medal — 5 ta oltin va 1 ta kumush bilan yakunladi.
🎉 Musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz, murabbiylar shtabi va butun delegatsiyamizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
🇺🇿 Yangi g‘alabalar sari olg‘a, O‘zbekiston!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








