Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Ruslan Nurudinovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz!

Ruslan Nurudinovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek og‘ir atletikasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan, mustaqil O‘zbekiston tarixida ushbu sport turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylangan hamda Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritgan afsonaviy sportchimiz, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ruslan Nurudinov 35 yoshni qarshi oldi.

U o‘zining yorqin sport faoliyati davomida Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, Osiyo o‘yinlari, Universiada hamda Islom birdamlik o‘yinlarida yuksak natijalarni qayd etib, O‘zbekiston sporti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uch karra jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan polvonimiz xalqaro maydonlarda o‘rnatgan rekordlari va tarixiy g‘alabalari bilan og‘ir atletika muxlislari e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Ruslan Nurudinovning har bir chiqishi yuksak mahorat, kuchli iroda va cheksiz matonat namunasidir. Uning erishgan yutuqlari, sportga sadoqati va fidoyiligi bugungi yosh og‘ir atletikachilar uchun katta motivatsiya va ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

🎉 Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston og‘ir atletikachilari oilasi nomidan Ruslan Nurudinovni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, sport faoliyatida yangi zafarlar va hali ko‘plab tarixiy natijalarni tilab qolamiz!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, chempion! 🇺🇿🏋️‍♀️

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar