O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
29 Iyul 2026
Bugun O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi Olimjon Maxmudov hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Asqar Amonov ishtirok etib, memorandumni imzoladilar.
Shundan so‘ng institut vakillari O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, federatsiyada yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy sport zallari hamda sportchilar uchun yaratilgan infratuzilmani ko‘zdan kechirdilar.
Mazkur memorandum og‘ir atletika sport turida faoliyat yuritayotgan murabbiy va mutaxassislarning malakasini oshirish, ilmiy-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish, seminar va master-klasslar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlashni nazarda tutadi.
Shuningdek, tomonlar tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Qayd etish kerak, mazkur hamkorlik mamlakatimizda og‘ir atletika sportini ilmiy-amaliy asosda yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va soha salohiyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








