Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi
5 Avgust 2026
Bugun Sport vazirligida Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov boshchiligida joriy yilning 7–14-avgust kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatini namunali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida musobaqani xalqaro talablar asosida yuqori saviyada o‘tkazish, delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish, sportchilar, murabbiylar hamda hakamlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, logistika, transport, xavfsizlik, tibbiy xizmat, volontyorlar faoliyati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash hamda boshqa tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, musobaqaga jalb etilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas'ullar axboroti tinglandi.
Yig‘ilish yakunida Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish, barcha yo‘nalishlarda tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Barcha yangiliklar








