Osiyo va Xalqaro og‘ir atletika federatsiyalari rahbariyati “Olimpiya shaharchasi”dagi tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
6 Avgust 2026
O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati arafasida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi hamda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyati “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurib, musobaqa o‘tkaziladigan hududlar va tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlarga musobaqa zallari, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot hududlari, texnik zonalar hamda tashkiliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Federatsiyalar vakillari O‘zbekistonda Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini ijobiy baholab, yaratilgan zamonaviy sharoitlar va tashkiliy jarayonlar yuqori darajada ekanini ta’kidladilar.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar





