Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Barchasi tayyor! Osiyo chempionati boshlanmoqda!

Barchasi tayyor! Osiyo chempionati boshlanmoqda!

Birozdan so‘ng, poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start beriladi.

Musobaqalar dasturiga ko‘ra, kunning ilk bahslari yigitlar o‘rtasidagi -60 kg va -65 kg vazn toifalarining “C” guruhi ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Soat 12:00dan boshlab esa qizlar o‘rtasidagi -45 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun bahslarga kirishadi. Mazkur vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Soliha Bahodirova himoya qiladi.

Shundan so‘ng, soat 17:00dan e’tiboran yigitlar o‘rtasidagi -55 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari boshlanadi. Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Bekpo‘latov medallar uchun kurash olib boradi.

Musobaqalarni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar