Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Bahodir Bekpo‘latov — “Markaziy Osiyo ochiq chempionati” chempioni!

Bahodir Bekpo‘latov — “Markaziy Osiyo ochiq chempionati” chempioni!

Poytaxtimizda start olgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda “Markaziy Osiyo ochiq chempionati”ning ilk kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.

-55 kg vazn toifasida “Markaziy Osiyo ochiq chempionatida” ishtirok etgan hamyurtimiz Bahodir Bekpo‘latov dast ko‘tarishda 86 kg, siltab ko‘tarishda esa 105 kg natija qayd etdi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra 191 kg natija bilan sportchimiz dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash bahslarida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘olib sportchimiz sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, Davlat madhiyasi yangradi.

Musobaqaning dastlabki kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “Markaziy Osiyo ochiq chempionati”da jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Osiyo chempionatida esa terma jamoamiz hisobida 1 ta medal mavjud.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar