Osiyo chempionatida dastlabki jahon va Osiyo rekordlari qayd etildi!
7 Avgust 2026

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kunida dastlabki jahon va Osiyo rekordlari qayd etildi.
-55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni vakili Mohammed Nawaf M Al Ojaian siltab ko‘tarishda 138 kg natija bilan yoshlar o‘rtasidagi jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi.
Shuningdek, sportchi ikki kurash yakuniga ko‘ra 247 kg natija bilan ushbu yo‘nalishda ham jahon va Osiyo rekordini qayd etdi.
Shu tariqa, muxlislar Osiyo chempionatining dastlabki kunidayoq jahon va Osiyo rekordlariga guvoh bo’lishdi!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar