Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari start oldi!

Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari start oldi!

Bugun, 8-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kun bahslari o‘tkazilmoqda.

Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan qizlar o‘rtasida -49 kg va -53 kg vazn toifalarining “B” guruhi bahslari boshlandi.

Soat 12:00 dan esa yigitlar o‘rtasida -60 kg vazn toifasining “B” guruhi ishtirokchilari bellashuvlarga kirishadi.

Kunning ikkinchi yarmida, soat 14:00 dan boshlab -60 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi. Mazkur vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz — Azizbek Dadajonov va Asilbek Yusupov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Soat 16:30 da esa qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Ushbu vazn toifasida Dilnoza Bekpo‘latova o’z omadini sinovdan o’tkazadi.

🤲 Barcha sportchilarimizga bo‘lajak bahslarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar