“O‘zingizni va sportingizni himoya qiling” — poytaxtimizda xalqaro antidoping seminari o‘tkazildi
8 Avgust 2026
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi, Xalqaro testlash agentligi (ITA) hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda Xalqaro testlash agentligi (ITA) eksperti Riley MasGovn, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari, shuningdek, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Mohammed Hassan Jalood ishtirok etdi.
Xalqaro va mahalliy ekspertlarning taqdimotlari orqali ishtirokchilar antidoping sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, xalqaro talablar va amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Seminar davomida antidoping qoidalari va ularning talablari, doping-nazorat jarayonini shaffof va to‘g‘ri tashkil etish, sportchilarning huquq va majburiyatlari, taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati, shuningdek, terapevtik maqsadlarda foydalanish uchun ruxsatnoma (TUE) olish tartibi kabi muhim va dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga mavzular yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, antidoping qoidalariga rioya qilish, toza sport tamoyillarini targ‘ib etish hamda sportchilarni doping xavfidan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar