Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Osiyo chempionatida uchinchi kun bahslari start oldi!

Osiyo chempionatida uchinchi kun bahslari start oldi!

Bugun, 9-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kun bahslari o‘tkazilmoqda.

Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan yigitlar o‘rtasida -65 kg vazn toifasining “B” guruhi bahslari boshlandi.

Soat 12:00 dan esa yigitlar o‘rtasida -70 kg vazn toifasining “B” guruhi ishtirokchilari bellashuvlarga kirishadi.

Kunning ikkinchi yarmida, soat 14:00 dan boshlab qizlar o‘rtasida -53 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi. Mazkur vazn toifasida hamyurtimiz Munisa Odilova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Soat 16:30 da esa yigitlar o‘rtasida -65 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Ushbu vazn toifasida Diyorbek Odilov yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Sportchilarimizga bo‘lajak bahslarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar