Osiyo chempionatining ikkinchi kunida ham rekord qayd etildi!
9 Avgust 2026
O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kunida navbatdagi Osiyo rekordi o‘rnatildi.
-60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Filippin vakili Jeric Icon Kastro raqiblarini katta ustunlik bilan ortda qoldirib, siltab ko‘tarish mashqida 144 kg natija qayd etdi va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo rekordini o‘rnatdi.
Filippinlik sportchining ikki mashq bo‘yicha umumiy natijasi 260 kgni tashkil etdi. U eng yaqin ta’qibchisidan 15 kg o‘zib ketdi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar