Osiyo chempionatida to‘rtinchi kun bahslari start oldi!
10 Avgust 2026
Bugun, 10-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining to‘rtinchi kun bahslari o‘tkaziladi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan yigitlar o‘rtasida -75 kg vazn toifasining “B” guruhi bahslari boshlandi.
Soat 12:00 dan esa yigitlar o‘rtasida -61 kg vazn toifasining “B” guruhi ishtirokchilari bellashuvlarga kirishadi.
Kunning ikkinchi yarmida, soat 14:00 dan qizlar o‘rtasida -57 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi. Mazkur vazn toifasida hamyurtlarimiz Marjona Abdumutalova va Zarina Abdullahakova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Soat 16:30 da esa qizlar o‘rtasida -61 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Ushbu vazn toifasida Ziyoda Xudoyqulova va Munisa Boltayeva yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Sportchilarimizga bugungi bahslarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar
