Kun tarixi: Akbar Jo‘rayev Parij-2024 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan kun!
10 Avgust 2026
Bugun terma jamoamiz a’zosi Akbar Jo‘rayevning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritganiga roppa-rosa 2 yil to‘ldi.
-102 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 219 kg natija qayd etib, umumiy hisobda 404 kg bilan Olimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Bugungi kunda sportchimiz bor kuch va e’tiborini Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga qaratgan.
Akbar Jo‘rayevga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
💪 Yangi g‘alabalar sari, Akbar!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar




