Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

ZIYODA XUDOYQULOVA — OSIYO CHEMPIONI!

ZIYODA XUDOYQULOVA — OSIYO CHEMPIONI!

-61 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, mazkur vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan qashqadaryolik Ziyoda Xudoyqulova 93 va 96 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Ushbu natija sportchimizga yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalni taqdim etdi!

Ziyoda Xudoyqulovani ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

Endi navbat — siltab ko‘tarish bahslariga!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar