MUNISA BOLTAYEVA — OSIYO CHEMPIONI!
10 Avgust 2026

-61 kg vazn toifasidagi bahslar sportchi qizlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Hamyurtimiz, xorazmlik Munisa Boltayeva siltab ko‘tarish dasturida 104, 107 va 111 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, ushbu yo‘nalishda o’smirlar o’rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 200 kg natija qayd etgan sportchimiz kumush medal sohibiga aylandi.
Shu tariqa, Munisa Boltayeva Osiyo chempionatida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilar qatoridan joy oldi!
👏 Munisani ushbu yorqin natija bilan muborakbod etamiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar