ZIYODA XUDOYQULOVADA BU GAL 2 TA KUMUSH!
10 Avgust 2026

-61 kg vazn toifasidagi muvaffaqiyatli yurishni yoshlar o‘rtasida qashqadaryolik Ziyoda Xudoyqulova ham munosib davom ettirdi.
Sportchimiz siltab ko‘tarish dasturida 110 va 112 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 208 kg natija qayd etgan Ziyoda yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi va Osiyo chempionatining vitse-chempioniga aylandi!
👏 Ziyodani, uning ustoz-murabbiylari va oila a’zolarini ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar